Yanvar oyida o‘z arizasi bilan Toshkent shahri bosh imom-xatibi vazifasidan ozod etilgan Rahmatulloh Sayfuddinov «Minor» jome masjidi imom-xatibi etib tayinlandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi ijtimoiy tarmoqlarda «Qurbon Hayiti namozi o‘qilmaydigan bo‘ldi» mazmunidagi xabarlar «asossiz va haqiqatga mos kelmasligini» ma’lum qildi. Hozir mamlakatda ommaviy tadbirlar cheklanmagan, namoz o‘qish bo‘yicha biror o‘zgarish bo‘lsa, oldindan xabar berilishi qayd etildi.
O‘zbekiston Musulmonlari idorasining tarovih namozlarida xatm qilinadigan Qur’oni karim taqsimoti jadvalida tarovih namozlari 1 apreldan boshlanishi ko‘rsatilgan. Bu — Ramazon oyi 2 apreldan kirib kelishini anglatadi. Biroq O‘zbekistonda Ramazon oyi qachon boshlanishi haqida rasmiy xabarlar e’lon qilingani yo‘q. Qoraqalpog‘istonda esa Ramazon 2 apreldan boshlanishi rasman ma’lum qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi DXX tomonidan Qashqadaryo viloyatida «Jihodchilar» a’zosi sifatida gumon qilinib, ushlangan masjid imom-noibi aslida boshqa kasb egasi ekanligini ma’lum qildi. «Yolg‘on yoki tasdiqlanmagan axborotni tarqatish tegishli javobgarlikka sabab bo‘lishini alohida ta’kidlaymiz», — deyiladi munosabatda.
Respublika maxsus komissiyasi masjidlarning ishchi va xodimlari emlangan taqdirda juma namozini ado etishga ruxsat berdi. Qolaversa, tashrif buyuruvchilardan vaksina olganlik to‘g‘risida QR-kodi yoki sertifikati mavjud bo‘lganlar kiritilishi belgilanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting